Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yönalişida maxsus sirtqi bölimlarni taşkil etiş töğrisida

Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida jami 15359 ta ta’lim muassasasi, jumladan 4893 ta maktabgaça ta’lim muassasasi, 9680 ta umumiy örta ta’lim maktabi, 23 ta Mehribonlik uyi, 304 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 211 ta “Barkamol avlod” markazi, 227 ta bolalar va ösmirlar sport maktabi faoliyat körsatmoqda. Ularda örta maxsus, kasb-hunar kollejlarini va bilim yurtlarini bitirgan 97 564 nafar pedagog kadrlar faoliyat yuritmoqdalar.

Mazkur ta’lim muassasalarining maktabgaça, boşlanğiç, musiqa, tasviriy san’at, çet tillari, mehnat ta’limi, jismoniy tarbiya yönalişlari va boşqa fanlar böyiça oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga bölgan ehtiyojlarini qondiriş, tumanlar va qişloq joylardagi ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlaş hamda ularni tayyorlaş tizimini joylarda taşkil etişni yanada takomillaştiriş orqali ta’lim sifatini yaxşilaş maqsadida:

1. Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklarining 2017/2018 öquv yilidan boşlab oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yönalişlari böyiça maxsus sirtqi bölimlarni taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

2. Pedagogika yönalişlari böyiça maxsus sirtqi bölimlar taşkil etiladigan oliy ta’lim muassasalari röyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Özbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasiga uşbu röyxatga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş huquqi berilsin.

3. Belgilab qöyilsinki:

oliy ta’lim muassasalari tarkibida taşkil etilgan maxsus sirtqi bölimlarning bakalavriat ta’lim yönalişlariga qabul örta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uç yil pedagogik amaliy iş stajiga ega bölgan, maktabgaça, maktab va maktabdan taşqari ta’lim muassasalari ehtiyojlari asosida tasarrufida uşbu ta’lim muassasalari mavjud bölgan vazirliklar va idoralar tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega pedagog kadrlar hisobidan amalga oşiriladi;

maxsus sirtqi bölimda öqiş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi. Ta’lim yönalişlari böyiça bitta talabani bir yillik öqitiş qiymatini aniqlaş belgilangan tartibda amalga oşiriladi;

maxsus sirtqi bölimda öqiyotgan talabalarga imtihonlar, sinovlar topşiriş, diplom, kurs, laboratoriya va boşqa öquv işlarini bajariş vaqtida ularning oylik maoşlari asosiy iş joyida saqlangan holda bir öquv yilida ikki marta bir oydan öquv ta’tillari beriladi. Bunda, öquv ta’tillari qoida tariqasida umumta’lim muassasalaridagi qişki va yozgi ta’til vaqtiga töğri kelgan davrda beriladi va ularga belgilangan tartibdagi yillik mehnat ta’tillarini beriş tartibi ham saqlanib qoladi;

talabalarning oliy ta’lim muassasasida öqişda bölgan davriga töğri keladigan dars soatlari öqişga yuborgan ta’lim muassasasining öqituvçilari (xodimlari) tomonidan mehnatga soatbay haq tölaş şartlari asosida ötiladi;

maxsus sirtqi bölim talabalari öqişga kirişda tavsiyanoma beruvçi vazirlik yoki idora, oliy ta’lim muassasasi va talaba örtasida öqişni yakunlagandan keyin tavsiyanoma bergan taşkilot yöllanmasida körsatilgan iş joyida (ta’lim muassasasida) beş yildan kam bölmagan muddatda işlab beriş majburiyati bilan uç tomonlama şartnoma tuziladi;

maxsus sirtqi bölimlarda ta’lim yönalişlari xususiyatiga qarab bir öqituvçiga töğri keladigan talabalar soni nisbati qonun hujjatlarida belgilangan normativlar asosida belgilanadi;

oliy ta’lim muassasasida maxsus sirtqi bölim öquv jarayonini taşkil etişga fakultet dekani maqomidagi bölim boşliği rahbarlik qiladi.

4. Özbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasiga 2017/2018 öquv yili uçun:

oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi bölimlarida öqiş uçun tavsiyanoma beruvçi vazirliklar va idoralar röyxatini;

maktabgaça, maktab va maktabdan taşqari ta’lim muassasalari ehtiyojlari asosida vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan takliflarni inobatga olgan holda maxsus sirtqi bölimlarga qabul kvotalarini;

maxsus sirtqi bölimlarga qabul qiliş tartibi va mezonlari hamda uç tomonlama şartnoma şaklini tasdiqlaş huquqi berilsin.

Kelgusi öquv yillariga qabul kvotalari oliy ta’lim muassasalari uçun belgilangan tartibda belgilanadi.

5. Pedagogika yönalişlari böyiça maxsus sirtqi bölimlar taşkil etiladigan oliy ta’lim muassasalarida ikkinçi va undan keyingi oliy ma’lumot beriş sirtqi ta’lim şaklida taşkil etilsin, bunda ikkinçi va undan keyingi oliy ma’lumot oliş bakalavriat ta’lim yönalişining 2-kursidan (öquv rejalardagi fanlar farqidan qat’i nazar) kamida 3 yil muddat etib belgilansin.

2017/2018 öquv yili uçun maxsus sirtqi va sirtqi ta’limlarda öquv jarayoni istisno tariqasida joriy yilning 1-oktabridan boşlanişi belgilab qöyilsin.

6. Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi 2017-yil 30-sentabrgaça:

2017/2018 öquv yili uçun oliy ta’lim muassasalarining maxsus sirtqi bölimiga 1-kursga talabalarni qabul qiliş yuqori saviyada va adolatli ötkazilişini ta’minlasin;

oliy ta’lim muassasalarining maxsus sirtqi bölimlari taşkil etilgan ta’lim yönalişlarining öquv rejasi va fan dasturlarini tasdiqlasin, şuningdek ularga muvofiq fanlarni öquv adabiyotlari bilan ta’minlaş çoralarini körsin;

pedagogika yönalişlari böyiça maxsus sirtqi bölimlarda dars berişga yuqori salohiyatga ega professor-öqituvçilar tarkibini şakllantirsin;

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan ştatlar jadvali, daromadlar va xarajatlar smetasiga tegişli özgartirişlar kiritişni va ular belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilişini ta’minlasin.

7. Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti maxsus sirtqi bölim ta’lim yönalişlari böyiça malaka talablari, öquv rejalari va dasturlari hamda öquv va öquv-metodik adabiyotlarni yaratiş böyiça tayanç oliy ta’lim muassasasi etib belgilansin va uning huzurida pedagogika yönalişlari böyiça maxsus sirtqi bölimlar taşkil etilgan oliy ta’lim muassasalarining öquv-metodik faoliyatini Muvofiqlaştiruvçi Kengaş taşkil qilinsin.

Quyidagilar Muvofiqlaştiruvçi Kengaşning asosiy vazifalari etib belgilansin:

maxsus sirtqi bölimlar orqali umumta’lim maktablari, maktabgaça va maktabdan taşqari ta’lim muassasalari uçun pedagog kadrlar tayyorlaş ta’lim mazmuni zamonaviy talablarga uyğun rivojlantirilişini ta’minlaş hamda mazkur jarayonlarga ilmiy-metodik rahbarlikni amalga oşiriş;

maxsus sirtqi bölimlar öquv jarayonlariga ilğor xorijiy tajriba, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etişni hisobga olgan holda malaka talablari, öquv rejalari va dasturlarini tizimli ravişda takomillaştirib boriş;

maxsus sirtqi bölimlar öquv jarayonlariga pedagogika sohasi olimlari va mamlakatimizning yetuk mutaxassislari jalb etilişini taşkil etiş;

pedagogika sohasining dolzarb ilmiy muammolarini hal etişga yönaltirilgan ilmiy izlanişlar, jumladan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borilişini muvofiqlaştiriş;

pedagoglik kasbining jamiyatdagi örni va nufuzini oşiriş, jumladan yoşlarni öqituvçilik kasbiga yönaltirişga qaratilgan tadbirlarni taşkil etiş;

maxsus sirtqi bölimlar faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik salohiyatini oşiriş, jumladan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlaş, hududlardagi oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça tizimli çora-tadbirlarni amalga oşiriş.

8. Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi 2017/2018 öquv yilidan boşlab Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti tomonidan pedagogika yönalişlari böyiça maxsus sirtqi bölimlar taşkil etilgan oliy ta’lim muassasalarini zarur öquv va öquv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanişini moliyalaştirişning aniq çoralarini körsin.

9. Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda maxsus sirtqi bölimlarga qabul qiliş tartibi, mezonlari hamda tuziladigan uç tomonlama şartnoma şaklini işlab çiqib, belgilangan tartibda tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga uşbu qarordan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;

özlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uşbu qarorga muvofiqlaştirsinlar.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N. Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasining Prezidenti Ş. MIRZIYOYEV

Toşkent ş.,
2017-yil 9-avgust,
PQ-3183-son