Töliq davlat ta’minotida bölgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar ham bolalar musiqa va san’at maktablarida öqiş uçun belgilangan tölovlardan ozod etiladi.
Töliq davlat ta’minotida bölgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning öqişi uçun tölovdan ozod etişga mahalla fuqarolar yiğini tomonidan berilgan ma’lumotnoma asos böladi.
Bolalar musiqa va san’at maktablarida öquvçilar umumiy sonining 25 foizi doirasida bolalarning quyidagi toifalari tölovdan ozod etiladi:
-musiqa va san’at yönalişlari böyiça xalqaro (1 - 3-örinlar) va respublika (1-örin) tanlovlarida ğolib bölgan bolalar - bir kalendar yil mobaynida (ğolib deb e’lon qilingandan keyingi oydan boşlab 12 oy mobaynida);
-kam ta’minlangan oilalardan bölgan bolalar.
Musiqa va san’at yönalişlari böyiça xalqaro (1 - 3-örinlar) va respublika (1-örin) tanlovlarida ğolib bölgan bolalarni bir kalendar yil mobaynida öqitiş uçun tölovdan ozod etişga ularning tanlovda ğolib bölganligini tasdiqlovçi hujjati asos böladi.
Kam ta’minlangan oilalarning bolalarini tölovdan ozod etiş uçun quyidagi hujjatlar taqdim etilişi lozim:
a) ota-onalarning arizasi;
b) oilaning kam ta’minlanganligi töğrisida fuqarolarning özini özi boşqariş
organlari tomonidan beriladigan ma’lumotnoma.
Oilaning bir a’zosiga bir oyda töğri keladigan jami daromadi eng past darajada bölgan kam ta’minlangan oilalarning bolalari tölovdan ozod etiladigan bolalarning röyxatiga birinçi navbatda kiritiladi.
Röyxatga kirmagan kam ta’minlangan oilalarning bolalaridan zaxira şakllantiriladi.
Tölovdan ozod etiladigan bolalarning röyxati bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining buyruği asosida tasdiqlanadi.