Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
Bolalar musiqa va san’at maktablari rahbar, öqituvçi va konsertmeystyerlari mehnatiga haq tölaş va ularni moddiy rağbatlantiriş tizimini takomillaştiriş töğrisida

Bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim-tarbiya beriş sifatini yangi bosqiçga kötariş, köp yillar davomida özining fidokorona xizmatlari bilan ta’lim samaradorligini oşirişga hissa qöşib kelayotgan bolalar musiqa va san’at maktablari rahbar va pedagog xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, ularning ijodiy mahorati va mehnatini munosib rağbatlantiriş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida:

1. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining bolalar musiqa va san’at maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini 2019-yil 1-oktabrdan:

direktor va direktor örinbosarlari uçun — 1,5 baravarga;

öqituvçilar va konsertmeystyerlar uçun — 1,25 baravarga oşiriş töğrisidagi takliflari ma’qullansin.

2. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

a) bolalar musiqa va san’at maktablarida öquv-tarbiya jarayonini tubdan yaxşilaş maqsadida ilğor xorijiy tajribani örganiş asosida:

ta’lim sifatini baholaşning zamonaviy tizimini işlab çiqsin va tasdiqlasin;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanişni nazarda tutgan holda öquv reja va dasturlarni qayta körib çiqsin hamda tasdiqlasin;

b) bolalar musiqa va san’at maktablari:

rahbar xodimlari lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida saralaş amaliyotini joriy qiliş va ularni rağbatlantirişni kuçaytiriş;

rahbar xodimlarining masofadan turib malakasini oşiriş tizimini samarali taşkil etiş va qamrovini kengaytiriş;

öqituvçilari va konsertmeystyerlariga nisbatan malaka talablari, ular faoliyatini baholaş tizimi hamda ta’limning mazmun va sifatiga qöyilgan davlat talablarini takomillaştiriş çoralarini körsin.

3. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorni amalga oşiriş bilan boğliq xarajatlarni moliyalaştiriş uçun talab etiladigan zarur mablağlarni 2019-yil uçun ajratsin hamda 2020-yildan boşlab Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutsin.

4. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N. Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasining Prezidenti Ş. MIRZIYOYEV

Toşkent ş.,
2019-yil 30-sentabr,
PQ-4468-son