Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
Özbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida

Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida muhim taşkiliy-huquqiy islohotlar amalga oşirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oşirişga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni şakllantirişga yönaltirilgan tizimli çoralar körildi.

Islohotlarni amalga oşiriş doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinişini, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyati oçiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlaş mexanizmlari takomillaştirildi, şuningdek, huquqni muhofaza qiliş va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.

Şu bilan birga, iqtisodiyotni yanada östiriş, xalq farovonligini oşiriş, mamlakatda investitsiya muhitini yaxşilaş borasidagi strategik vazifalarni hal etiş korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida davlat siyosatining samarali amalga oşirilişini ta’minlaş hamda korrupsiya körinişlarining sabab va şart-şaroitlarini bartaraf etiş böyiça yangi tizimli çoralar körilişini taqozo qilmoqda.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimi samaradorligini oşiriş, eng yuqori darajadagi qulay işbilarmonlik muhitini yaratiş, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obrö-e’tiborini oşiriş maqsadida, şuningdek, 2017 — 2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:

1. 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş davlat dasturi (keyingi örinlarda — Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, jamoat birlaşmalari va boşqa taşkilotlar Davlat dasturining har bir bandi böyiça maqsadlarga erişişda samaradorlik indikatorlarini işlab çiqsin va Özbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi bilan kelişib olsin.

2. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari böyiça qömitalar taşkil etilganligi ma’lumot uçun qabul qilinsin.

Idoralararo komissiya ikki oy muddatda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça namunaviy tadbirlarning idoraviy dasturini Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari böyiça qömitalariga muhokama qiliş va kelişiş uçun kiritsin.

3. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar xalq deputatlari kengaşlari, tuman va şahar xalq deputatlari kengaşlarining tarkibida korrupsiyaga qarşi kuraşiş komissiyalarini taşkil etiş tavsiya qilinsin, ularning zimmasiga:

joylarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi işlarning holatini kompleks örganiş;

joylarda korrupsiya körinişlari namoyon bölişiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati töğrisida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari böyiça qömitalariga uşbu sohadagi faoliyatni takomillaştiriş yuzasidan takliflar kiritgan holda muntazam ravişda axborot berib boriş funksiyalari yuklansin.

4. Belgilab qöyilsinki:

a) korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida davlat siyosatining ustuvor yönalişlari örta muddatli istiqbolda quyidagilardan iborat:

sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlaş, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravişda ta’sir ötkaziş şart-şaroitlarini istisno etiş;

davlat xizmatçilarini tanlov asosida saralab oliş, lavozimga tayinlaş va yuqori lavozimlarga kötarişning şaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini şakllantiriş, ular uçun çeklovlar, taqiqlaşlar, rağbatlantiriş çoralari hamda korrupsiyaning oldini oliş boşqa mexanizmlarining aniq röyxatini belgilaş;

davlat xizmatçilari daromadlarini deklaratsiya qiliş tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş va ularning iş haqi yetarli darajada bölişini ta’minlaş, şuningdek, davlat xizmatini ötaşda manfaatlar töqnaşuvini hal etişning taşkiliy-huquqiy asoslarini takomillaştiriş;

korrupsiya bilan boğliq huquqbuzarliklar töğrisida xabar bergan şaxslarni himoya qilişning samarali taşkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etiş;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oşiriş, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuçaytiriş;

davlat organlari va taşkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining şaffofligini oşiriş;

fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining çinakam erkinligini ta’minlaş va ularni korrupsiyaga qarşi çoralarni tayyorlaş, ötkazişda va ijrosini monitoring qilişda iştirok etişga jalb qiliş;

b) idoraviy korrupsiyaga qarşi kuraşişning samarali dasturlarini amalga oşiriş, ularning hisobdorligi va faoliyatining oçiqligi mexanizmlarini joriy etiş, odob-axloq qoidalariga rioya etilişi va manfaatlar töqnaşuvining oldi olinişini ta’minlaş böyiça amaliy çora-tadbirlarni bajariş orqali tegişli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va şart-şaroitlarni tag-tomiri bilan yöqotiş davlat organlari va taşkilotlari rahbarlarining birinçi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.

5. Belgilansinki:

a) 2019-yil 1-iyuldan boşlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oşirişda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini vaqti-vaqti bilan majburiy baholab boradi, uning yakunlari böyiça:

korrupsiya xavf-xatariga eng köp duç keladigan davlat xizmatçilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, şuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning röyxatini şakllantiradi;

idoraviy korrupsiyaga qarşi kuraşiş dasturlari ijrosining har çoraklik monitoringini amalga oşiradi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tuşiriş çoralarini köradi;

Özbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi (keyingi örinlarda — Milliy kengaş) bilan kelişgan holda har yilgi idoraviy korrupsiyaga qarşi kuraşiş dasturlarini tasdiqlaydi;

har yili Milliy kengaşga tegişli organlar va taşkilotlar faoliyatida, şu jumladan, qonunçilikni va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş orqali korrupsiya xavf-xatarlariga barham beriş böyiça takliflarni kiritadi;

b) davlat boşqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini öz vaqtida aniqlamaganliklari va tegişli baho bermaganliklari, şuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etiş holatlariga yöl qöyganliklari yuzasidan şaxsan javobgar böladi.

6. Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi Boş prokuratura bilan birgalikda:

yoşlarga korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida huquqiy ta’lim beriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni işlab çiqsin va 2019-yil 1-sentabrdan boşlab tatbiq etsin;

umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining öquv dasturlarida korrupsiyaga qarşi mavzular yanada kuçaytirilişini ta’minlasin.

7. Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Boş prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda uç oy muddatda, şu jumladan texnik infratuzilmani va zarur dasturiy ta’minotni yaratişga oid zaruriy çora-tadbirlarni amalga oşirişni nazarda tutgan holda muayyan toifadagi davlat xizmatçilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qiliş tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş böyiça takliflarni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Milliy kengaş (T.K. Narbayeva):

2019-yil 1-avgustdan boşlab eksperiment tariqasida, jamoatçilik va yetakçi ekspertlarni, şu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqiçda kapital quriliş va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oşirişni taşkil etsin, 2020-yil 1-apreldan boşlab loyihani boşqa sohalarga ham bosqiçma-bosqiç joriy etsin;

har yili 1-aprelga qadar tegişli sohalarda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oşiriş yakunlari töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.

9. Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, jamoat birlaşmalari va boşqa taşkilotlar Davlat dasturining ijro etilişi holati töğrisida har çorakda Milliy kengaşga axborot kiritilişini ta’minlasin.

10. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi faoliyat samaradorligini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlarni işlab çiqiş böyiça maxsus komissiya (keyingi örinlarda — Maxsus komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

11. Quyidagilar maxsus komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

korrupsiyaga qarşi kuraşişga yönaltirilgan jamoatçilik nazoratining amaliy çoralarini va qöllanilayotgan huquqiy mexanizmlarning joriy holatini tahlil qiliş;

korrupsiyaga va boşqa jinoyatlarga qarşi tizimli kuraşiş sohasida huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari, şu jumladan içki idoraviy nazoratni amalga oşiradigan bölinmalar faoliyatini tanqidiy örganiş;

korrupsiyaga qarşi kuraşiş va mazkur sohada idoralararo hamkorlik qiliş, şuningdek, korrupsiya körinişlarini sodir etiş sabab va şaroitlarini aniqlaş hamda ularni bartaraf etiş yuzasidan kompleks çora-tadbirlar işlab çiqişda foydalanilayotgan mexanizmlarni tubdan qayta körib çiqiş;

korrupsiyaga qarşi kuraşiş va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va çet el ijobiy tajribasini örganiş.

12. Maxsus komissiya (Z.Ş. Nizomiddinov):

a) bir hafta muddatda örganişning tegişli yönalişlari böyiça işçi guruhlarning tarkiblarini hamda ularning iş rejalarini tasdiqlasin, şuningdek, işçi guruhlarning samarali faoliyatini taşkil etsin;

b) 2019-yil 1-sentabrga qadar:

huquqni muhofaza qiliş organlarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi faoliyatini, şu jumladan umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va çet el ijobiy tajribasini inobatga olgan holda uşbu faoliyatni taşkil etiş va mazkur yönalişdagi funksiyalarini optimallaştirişda yagona yondaşuvlarni joriy etiş orqali tubdan takomillaştiriş böyiça takliflarni;

korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida jamoatçilik nazorati mexanizmlarini samarali qöllaşga yönaltirilgan, şu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvçi kompleks çora-tadbirlar böyiça “Yöl xaritasi” loyihasini işlab çiqsin va kiritsin:

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuçaytiriş;

huquqni muhofaza qiluvçi organlarning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldidagi hisobdorligi tartibini takomillaştiriş;

qarorlar qabul qiliş jarayonida fuqarolar iştirokining şaffof va samarali usullarini joriy etiş.

13. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:

Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda davlat organlari, şu jumladan mahalliy organlar tomonidan rasmiy veb-saytlar va “işonç telefonlari”dan ular faoliyatining oçiqligini va axborot oliş imkoniyatini ta’minlaş vositasi sifatida foydalanişlari ustidan doimiy monitoringni amalga oşirsin;

Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, uşbu Farmonning amalga oşirilişi uçun mas’ul bölgan davlat organlari va taşkilotlari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari va internet-resurslarda, şu jumladan çet el ommaviy axborot vositalarida keng kölamdagi axborot-tarğibot işlarini taşkil etiş çora-tadbirlarini doimiy asosda amalga oşirib, ularda taniqli olimlar, davlat organlari rahbarlari hamda jamoatçilik vakillarining çiqişlarini nazarda tutsin hamda korrupsiyaga qarşi kuraşiş masalalari böyiça brifinglar, internet-konferensiyalar, televizion körsatuvlarda ularning iştirok etişlarini ta’minlasin;

mazkur yönalişda amalga oşirilgan işlar töğrisida har çorakda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hisobot berib borsin.

14. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Adliya vazirligi hamda boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu Farmondan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida takliflar kiritsin.

15. Vazirlik va idoralar özlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda uşbu Farmonga muvofiqlaştirsin.

16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N. Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Ş. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasining Prezidenti Ş. MIRZIYOYEV

Toşkent ş.,
2019-yil 27-may,
PF-5729-son