ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
Madaniyat va san’at muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlaş va ularni davlat tomonidan tizimli qöllab-quvvatlaş töğrisida

Baxşiçilik, an’anaviy xonandalik, sozandalik va fortepiano ijroçilik yönalişlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlaşni kengaytiriş va tahsil olayotgan talabalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, şuningdek, 2022-yil 30-iyun — Yoşlar kuni munosabati bilan bölib ötgan uçraşuvlarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan taşabbuslarni amalga oşiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M. Mirziyoyev rahbarligida 30-iyun — Yoşlar kuni munosabati bilan bölib ötgan uçraşuvda berilgan topşiriqlarning 54-sonli bayoni 3-bandiga muvofiq, 2022/2023 öquv yilidan boşlab:

maqom xonandaligi, maqom çolğu ijroçiligi va baxşiçilik yönalişlariga yangi qabul qilingan talabalarning şartnoma tölovlari davlat tomonidan töliq qoplab berilişi;

fortepiano ijroçilarini tayyorlaş böyiça qabul kvotasini 3 baravarga köpaytirib, talabalarning kontrakt tölovlarini töliq qoplab berilişi belgilanganligi ma’lumot uçun qabul qilinsin.

2. Belgilansinki:

ilovaga muvofiq tasdiqlangan bakalavriat ta’lim yönalişlari röyxatiga kiritilgan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim şaklida tölov-kontrakt asosida öqişga yangi qabul qilingan birinçi bosqiç talabalarining (keyingi örinlarda — talabalarning) 2022/2023 öquv yili uçun tölov-kontrakt (stipendiyasiz) summasi 2022-yil 15-noyabrga qadar Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablağlar doirasida;

kelgusi öquv yilidan boşlab esa 15-sentabrga qadar Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan uşbu maqsadlar uçun ajratilgan qöşimça mablağlar hisobidan qoplanadi;

talabalarning tölov-kontrakt summasi uçun ajratiladigan mablağlar hajmi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifi böyiça 48 21 190 “Boşqa xarajatlar” moddasida bir satrda rejalaştirilgan holda aks ettiriladi;

talabalarning tölov-kontrakt summasi uçun ajratilgan mablağlar oliy ta’lim muassasalarining budjetdan taşqari (tölov-kontrakt) mablağlari böyiça şaxsiy ğazna hisobvarağiga ötkaziladi hamda belgilangan tartibda sarflanadi.

3. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi uç kun muddatda tölov-kontrakt summasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan tölab beriladigan bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça öqişga yangi qabul qilingan talabalarning röyxatini şakllantirsin hamda tölov-kontrakt summalarini tegişli oliy ta’lim muassasalariga ötkazib berilişini ta’minlasin.

4. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelişilgan holda haqiqiy ehtiyojdan kelib çiqib Özbekiston davlat konservatoriyasiga “Fortepiano (organ)” bakalavriat ta’lim yönalişi böyiça tölov-kontrakt asosidagi qabul parametrini 2023/2024 öquv yilidan boşlab uç baravargaça oşirgan holda tasdiqlasin.

5. Uşbu qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov hamda Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A. ARIPOV

Toşkent ş.,
2022-yil 2-noyabr,
633-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-noyabrdagi 633-son qaroriga
ILOVA

Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim şaklida tölov-kontrakt asosida öqişga yangi qabul qilingan birinçi bosqiç talabalarining tölov-kontrakt summasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplab beriladigan bakalavriat ta’lim yönalişlari
RÖYXATI

T/rTa’lim yönalişi şifri Ta’lim yönalişlari va mutaxassisliklari
1 60112400Professional ta’lim:
vokal san’ati (an’anaviy xonandalik)
çolğu ijroçiligi (an’anaviy çolğular)
260211400 Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik)
360211500 Çolğu ijroçiligi: (an’anaviy çolğular)
460211900 Baxşiçilik va dostonçilik
560211501 Fortepiano (organ)