4-bob. Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş tartibi
18-modda. Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş şartlari
Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş uşbu Qonunning asosiy prinsiplariga muvofiq amalga oşirilişi kerak.
Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş quyidagi hollarda amalga oşiriladi:
subyekt bu ma’lumotlarga işlov berişga rozilik berganda;
subyekt taraf bölgan şartnomani bajariş uçun bu ma’lumotlarga işlov beriş yoki şunday şartnoma tuzilguniga qadar subyektning söroviga binoan çoralar köriş zarur bölganda;
mulkdor va (yoki) operatorning qonunçilikda belgilangan majburiyatlarini bajariş uçun bu ma’lumotlarga işlov beriş zarur bölganda;
subyektning yoki boşqa şaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş uçun bu ma’lumotlarga işlov beriş zarur bölganda;
mulkdor va (yoki) operatorning yoki uçinçi şaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oşiriş uçun yoxud şaxsga doir ma’lumotlar subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilmasligi şarti bilan ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlarga erişiş uçun bu ma’lumotlarga işlov beriş zarur bölganda;
şaxsga doir ma’lumotlarga ularni majburiy ravişda egasizlantiriş şarti bilan statistik yoki boşqa tadqiqot maqsadlarida işlov berilganda;
agar bu ma’lumotlar hamma foydalanişi mumkin bölgan manbalardan olingan bölsa.
Subyektning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş zarur bölgan taqdirda, bu ma’lumotlarga işlov berişga rozilik oliş mumkin bölgan paytga qadar subyektning roziligisiz yöl qöyiladi.
19-modda. Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişga oid talablar
Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişning maqsadlari mulkdor va (yoki) operatorning faoliyatini tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjatlar, nizomlar, ta’sis hujjatlari yoki boşqa hujjatlar bilan belgilanadi hamda uşbu Qonunga muvofiq bölişi kerak.
Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişning maqsadlari ularni yiğiş çoğida ilgari bildirilgan maqsadlarga, şuningdek mulkdorning va (yoki) operatorning huquq va majburiyatlariga muvofiq bölişi kerak.
Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişning maqsadi özgargan taqdirda, mulkdor va (yoki) operator subyektning öz ma’lumotlariga özgargan maqsadga muvofiq işlov berilişi uçun roziligini olişi kerak.
Şaxsga doir ma’lumotlar aniq va işonçli bölişi, zarur bölgan taqdirda esa özgartirilişi va töldirilişi kerak.
Şaxsga doir ma’lumotlar bazasiga kiritilişi mumkin bölgan şaxsga doir ma’lumotlarning hajmi subyekt tomonidan uşbu Qonunga muvofiq belgilanadi. Işlov beriladigan şaxsga doir ma’lumotlarning hajmi va xususiyati ularga işlov beriş maqsadlari va usullariga muvofiq bölişi kerak.
Şaxsga doir ma’lumotlarga subyektni identifikatsiya qilişga yöl qöyiladigan şaklda yoki egasizlantirilgan tarzda işlov beriladi.
Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş muddati subyektning öz şaxsga doir ma’lumotlariga işlov berişga roziligi amal qiladigan muddatdan oşib ketmasligi kerak.
20-modda. Şaxsga doir ma’lumotlar bazalarini röyxatdan ötkaziş tartibi
Şaxsga doir ma’lumotlar bazalari Şaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkazilişi lozim.
Şaxsga doir ma’lumotlar bazasini röyxatdan ötkaziş ariza beriş prinsipi orqali xabardor qiliş yöli bilan amalga oşiriladi. Şaxsga doir ma’lumotlar bazasini Şaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkaziş haqidagi ariza vakolatli davlat organiga beriladi.
Öz tarkibida:
jamoat birlaşmasining yoki diniy taşkilotning iştirokçilariga (a’zolariga) taalluqli bölgan hamda tegişinça jamoat birlaşmasi yoki diniy taşkilot tomonidan işlov beriladigan şaxsga doir ma’lumotlar, ularni uçinçi şaxslarga tarqatmaslik yoki oşkor etmaslik şarti bilan;
subyekt tomonidan hamma foydalanişi mumkin qilib qöyilgan;
subyektlarning faqat familiyasini, ismini va otasining ismini öz içiga olgan;
subyektning mulkdor va (yoki) operator turgan hududga bir martalik kirişi uçun yoki boşqa şunga öxşaş maqsadlar uçun zarur bölgan;
avtomatlaştirilgan davlat axborot tizimlari maqomiga ega bölgan şaxsga doir ma’lumotlarning axborot tizimlariga kiritilgan;
avtomatlaştiriş vositalaridan foydalanmagan holda işlov beriladigan;
mehnat töğrisidagi qonunçilikka muvofiq işlov beriladigan şaxsga doir ma’lumotlar mavjud bölgan şaxsga doir ma’lumotlar bazalari röyxatdan ötkazilmaydi.
Mulkdor va (yoki) operator tegişli şaxsga doir ma’lumotlar bazasini röyxatdan ötkaziş uçun zarur bölgan ma’lumotlarning har bir özgarişi töğrisida vakolatli davlat organini bunday özgariş yuzaga kelgan kundan e’tiboran ön kalendar kundan keçiktirmay xabardor qilişi şart.
21-modda. Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişga rozilik beriş va rozilikni çaqirib oliş tartibi
Subyekt şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş uçun rozilikni uning olinganligi faktini tasdiqlaş imkonini beruvçi har qanday şaklda beradi.
Şaxsga doir maxsus ma’lumotlarga işlov beriş uçun subyektning yozma şakldagi, şu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi talab etiladi.
Subyekt muomalaga layoqatsiz bölgan yoki uning muomala layoqati çeklangan taqdirda, uning qonuniy vakili subyektning şaxsga doir ma’lumotlariga işlov beriş uçun yozma ravişda, şu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik beradi.
Voyaga yetmagan subyektlarning şaxsga doir ma’lumotlariga işlov beriş uçun ularning ota-onalari (vasiylari, homiylari), ular yöqligida esa vasiylik va homiylik organlari yozma şaklda, şu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik beradi.
Subyekt vafot etgan taqdirda, uning şaxsga doir ma’lumotlariga işlov beriş uçun rozilikni, agar subyekt hayotligi çoğida bunday rozilikni bermagan bölsa, uning merosxörlari yozma şaklda, şu jumladan elektron hujjat tarzida beradi.
Sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan, bedarak yöqolgan deb topilgan subyektning şaxsga doir ma’lumotlariga işlov beriş uning merosxörlarining yozma şaklda, şu jumladan elektron hujjat tarzida berilgan roziligiga köra amalga oşiriladi.
Subyekt şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş uçun berilgan rozilikni uşbu rozilik qanday şaklda berilgan bölsa, şunday şaklda yoxud yozma şaklda, şu jumladan elektron hujjat tarzida çaqirib oladi.
22-modda. Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişga taalluqli axborotni taqdim etiş tartibi
Subyekt özining şaxsga doir ma’lumotlariga işlov berişga taalluqli bölgan, quyidagilar körsatilgan axborotni oliş huquqiga ega:
şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berilganligi faktining tasdiği;
şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş asoslari va maqsadlari;
şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişda qöllaniladigan usullar;
mulkdorning va (yoki) operatorning nomi hamda ularning (uning) joylaşgan eri (poçta manzili), şaxsga doir ma’lumotlardan foydalaniş imkoniyatiga ega bölgan yoxud mulkdor va (yoki) operator bilan tuzilgan şartnoma asosida yoki qonun asosida şaxsga doir ma’lumotlar öziga oşkor qilinişi mumkin bölgan şaxslar haqidagi ma’lumotlar;
tegişli subyektga taalluqli bölgan, işlov beriladigan şaxsga doir ma’lumotlarning tarkibi, ularni oliş manbai, agar uşbu Qonunda bunday ma’lumotlarni taqdim etişning boşqaça tartibi nazarda tutilgan bölmasa;
şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş muddatlari, şu jumladan ularni saqlaş muddatlari;
uşbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan huquqlarning subyekt tomonidan amalga oşiriliş tartibi;
şaxsga doir ma’lumotlarning amalga oşirilgan yoki möljallanilayotgan transçegaraviy uzatilişi töğrisidagi axborot.
Subyektga özining şaxsga doir ma’lumotlarini taqdim etiş boşqa şaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan hollarda, subyektning öz şaxsga doir ma’lumotlariga işlov berilişiga taalluqli axborotni olişga bölgan huquqi çeklanişi mumkin.
Subyektning şaxsga doir ma’lumotlariga işlov berişga taalluqli axborotni uçinçi şaxsga taqdim etiş tartibi subyektning şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş uçun roziligi şartlariga köra belgilanadi.
Mulkdor va (yoki) operator quyidagi hollarda subyektga uning şaxsga doir ma’lumotlariga işlov berişga taalluqli axborotni taqdim etiş majburiyatidan ozod etiladi, agar:
subyekt özining şaxsga doir ma’lumotlariga işlov berişni amalga oşiriş töğrisida ilgari xabardor qilingan bölsa;
şaxsga doir ma’lumotlar subyekt tomonidan hamma foydalana oladigan qilingan bölsa yoki hamma foydalanişi mumkin bölgan manbadan olingan bölsa;
bunday axborotning berilişi jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilişiga olib keladigan bölsa.
Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişga taalluqli axborotni taqdim etişni rad qiliş töğrisidagi xabarnoma sörov bergan subyektga ön kun içida yozma şaklda yuboriladi.
Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişga taalluqli axborotni taqdim etişni rad qiliş töğrisidagi qaror ustidan subyekt vakolatli davlat organiga yoki sudga şikoyat qilişi mumkin.
23-modda. Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş çoğidagi harakatlar töğrisida xabardor qiliş
Subyekt özining şaxsga doir ma’lumotlari şaxsga doir ma’lumotlar bazasiga kiritilayotganda şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş maqsadlari, uşbu Qonunning 30-moddasida belgilangan öz huquqlari haqida yozma şaklda xabardor qilinişi kerak.
Şaxsga doir ma’lumotlar uçinçi şaxsga berilgan taqdirda, mulkdor va (yoki) operator bu haqda subyektni uç kun içida yozma şaklda xabardor qiladi.
Subyektni yozma şaklda xabardor qiliş quyidagi hollarda amalga oşirilmaydi:
davlat organlari öz vakolatlarini amalga oşirayotganda;
şaxsga doir ma’lumotlar tarixiy, statistik, sotsiologik yoki ilmiy maqsadlarda işlov beriş uçun berilganda;
şaxsga doir ma’lumotlar hamma foydalanişi mumkin bölgan manbalardan yiğilganda.
24-modda. Şaxsga doir ma’lumotlarga avtomatlaştirilgan tarzda işlov beriş
Subyekt öz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bölgan, yuridik oqibatlarni keltirib çiqaradigan öz şaxsga doir ma’lumotlariga faqat avtomatlaştirilgan tarzda işlov beriş asosida qaror qabul qilişga duçor etilmaslik huquqiga ega, bundan uşbu moddaning ikkinçi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Quyidagi hollarda subyektning şaxsga doir ma’lumotlariga faqat avtomatlaştirilgan tarzda işlov beriş asosida qaror qabul qilinişi mumkin:
subyektning yozma şakldagi, şu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi mavjud bölganda;
agar qaror mulkdor va subyekt örtasidagi şartnomani ijro etiş yoki ilgari tuzilgan şartnoma şartlarini bajariş uçun qabul qilinayotgan bölsa;
qonunçilikda nazarda tutilgan hollarda.
Mulkdor va (yoki) operator subyektga uning şaxsga doir ma’lumotlariga faqat avtomatlaştirilgan tarzda işlov beriş asosida qaror qabul qiliş tartibini va bunday qarorning ehtimoldagi yuridik oqibatlarini tuşuntirişi, bunday qarorga e’tiroz bildiriş imkoniyatini berişi, şuningdek subyekt tomonidan öz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş tartibini tuşuntirişi şart.
Mulkdor va (yoki) operator uşbu moddaning uçinçi qismida körsatilgan e’tirozni körib çiqişi hamda bunday e’tirozni körib çiqiş natijalari haqida subyektni ön kun içida yozma şaklda xabardor qilişi şart.
25-modda. Şaxsga doir maxsus ma’lumotlarga işlov beriş
Irqiy yoki ijtimoiy kelib çiqişga oid ma’lumotlar, siyosiy, diniy yoki dunyoqaraşga oid e’tiqodlar, siyosiy partiyalar va kasaba uyuşmalariga a’zolik töğrisidagi ma’lumotlar, şuningdek jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka taalluqli ma’lumotlar, şaxsiy hayot va sudlanganlik töğrisidagi ma’lumotlar şaxsga doir maxsus ma’lumotlardir.
Şaxsga doir maxsus ma’lumotlarga işlov beriş taqiqlanadi, bundan uşbu moddaning uçinçi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Şaxsga doir maxsus ma’lumotlarga işlov berişga quyidagi hollarda yöl qöyiladi:
vakolatli davlat organi tomonidan davlat xavfsizligini taşqi va içki tahdidlardan himoya qilişni ta’minlaş maqsadida;
agar subyekt öz şaxsga doir maxsus ma’lumotlariga işlov beriş uçun yozma şaklda, şu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik bergan bölsa;
agar şaxsga doir maxsus ma’lumotlar subyekt tomonidan hamma foydalanişi mumkin bölgan manbalarda e’lon qilingan bölsa;
subyektning yoki boşqa şaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida;
qözğatilgan jinoyat işi, ijro işini yuritiş doirasida sudlar va tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyati amalga oşirilayotganda;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşişga qaratilgan çora-tadbirlar prokuratura organlari tomonidan amalga oşirilayotganda;
davlat statistika organlari faoliyati amalga oşirilayotganda, şuningdek boşqa davlat organlari tomonidan statistika maqsadlari uçun şaxsga doir ma’lumotlardan foydalanilganda, ularni egasizlantiriş şarti bilan;
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar körsatilayotganda yoki tibbiy taşxis, davolaş belgilanayotganda, bunday ma’lumotlarga şaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinişini ta’minlaş majburiyati zimmasiga yuklatilgan tibbiyot xodimi yoki soğliqni saqlaş muassasasining boşqa şaxsi tomonidan işlov berilişi şarti bilan;
mehnatga doir munosabatlar sohasidagi huquqlar amalga oşirilayotganda va majburiyatlar bajarilayotganda;
subyekt muomalaga layoqatsiz bölgan yoki uning muomala layoqati çeklangan taqdirda subyektning yoki uçinçi şaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş ta’minlanayotganda;
şaxsga doir ma’lumotlar, şu jumladan saylab qöyiladigan davlat lavozimlariga nomzodlarning şaxsga doir ma’lumotlari hammaga e’lon qilinganda;
nodavlat notijorat taşkiloti, diniy taşkilot, siyosiy partiya yoki kasaba uyuşmasi faoliyati amalga oşirilayotganda, işlov beriş faqat şu taşkilotlar va birlaşmalar a’zolarining yoki xodimlarining şaxsga doir ma’lumotlariga taalluqli bölişi hamda subyektlarning roziligisiz uçinçi şaxsga berilmasligi şarti bilan;
ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning şaxsga doir ma’lumotlariga işlov berilayotganda, bu bolalar fuqarolarning oilalariga tarbiyalaş uçun joylaştirilayotganda (patronat) hamda vasiylik va homiylikni ta’minlaş böyiça boşqa çora-tadbirlar amalga oşirilayotganda;
şaxsga doir ma’lumotlarga davlat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida işlov berilayotganda;
sudlanganlik töğrisidagi ma’lumotlarga öz vakolatlari doirasida davlat organlari, şuningdek boşqa şaxslar tomonidan işlov berilayotganda.
26-modda. Biometrik va genetik ma’lumotlarga işlov beriş
Subyektning anatomik va fiziologik öziga xos xususiyatlarini tavsiflovçi şaxsga doir ma’lumotlar biometrik ma’lumotlardir.
Subyektning nasldan-naslga ötgan yoki orttirilgan xususiyatlariga taalluqli bölgan, subyektning biologik qiyofasini tahlil qiliş yoki muqobil axborot oliş imkonini beradigan boşqa elementni tahlil qiliş natijasi bölgan şaxsga doir ma’lumotlar genetik ma’lumotlardir.
Subyektning şaxsini aniqlaş uçun foydalaniladigan biometrik va genetik ma’lumotlarga faqat mazkur subyektning roziligi mavjud bölgan taqdirda, bundan Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalarini röyobga çiqariş, odil sudlovni amalga oşiriş, ijro işini yuritiş bilan boğliq hollar mustasno, şuningdek qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa hollarda işlov berilişi mumkin.
Elektron şakldagi biometrik va genetik ma’lumotlardan axborot tizimlaridan taşqarida foydalaniş va ularni şunday tizimlardan taşqarida saqlaş faqat ulardan ruxsatsiz foydalanişni istisno etadigan axborot taşuvçi moddiy jismlarda amalga oşirilişi mumkin.