Maktab yangiliklari

Hisobot konserti bölib ötdi

Joriy yilning 25-aprel kuni 26-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida xoreografiya bölimi hamda xonandalik bölimi öquvçilarining hisobot konserti bölib ötdi. Tadbir davomida öquvçilar yil davomida egallagan bilim va könikmalarini sahna orqali namoyiş etdilar.

Konsert dasturida xoreografiya bölimi öquvçilari tomonidan turli milliy va zamonaviy raqslar ijro etilib, sahnaga özgaça joziba bağişlandi. Xonandalik bölimi öquvçilari esa rang-barang qöşiqlar bilan çiqiş qilib, öz ovoz imkoniyatlari va ijroçilik mahoratini namoyon etdilar.

Mazkur hisobot konserti öquvçilarning sahna madaniyatini oşiriş, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiriş hamda tomoşabinlarga estetik zavq ulaşişda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbir yuqori kayfiyatda ötib, iştirokçilar va mehmonlarda iliq taassurotlar qoldirdi.