Joriy yilning 23-may kuni 26-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining xoreografiya bölimida sinfdan-sinfga köçiriş hamda bitiruv imtihonlari bölib ötdi. Imtihon jarayonlarida öquvçilar yil davomida egallagan nazariy bilim va amaliy könikmalarini namoyiş etdilar. Yoş raqqosalar milliy va zamonaviy raqs yönalişlari böyiça turli sahna çiqişlarini ijro etib, öz mahoratlarini körsatdilar.
Imtihon davomida öquvçilarning sahna madaniyati, harakatlarning aniqligi, musiqani his etişi hamda raqs kompozitsiyalarini ijro etişdagi mahorati hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Ayniqsa, bitiruvçi öquvçilarning yakka va jamoaviy çiqişlari yiğilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida ustoz-pedagoglarning öquvçilar bilan olib borgan samarali mehnati va ijodiy yondaşuvi öz samarasini körsatdi. Ota-onalar hamda mehmonlar yoş iste’dod egalari tomonidan namoyiş etilgan çiqişlarni katta qiziqiş bilan kuzatib, ularning kelgusidagi ijodiy faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladilar.
Mazkur imtihonlar öquvçilarning bilim va mahoratini sinovdan ötkaziş, ularning sahna tajribasini oşiriş hamda kelajakdagi ijodiy faoliyatlariga mustahkam zamin yaratişda muhim ahamiyat kasb etdi. Bitiruvçilar esa maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, san’at yölidagi yangi bosqiçga qadam qöydilar.