Maktab yangiliklari

«Yozgi iqtidorlar» festivaliga start berildi

2026-yil 10-iyun sanasidan boşlab respublika böylab «Yozgi iqtidorlar» festivali öz faoliyatini boşladi. Festival bolalar musiqa va san’at maktablari hamda tuman madaniyat bölimlari hamkorligida taşkil etilib, yozgi ta’til davrida öquvçilarning böş vaqtini mazmunli va samarali taşkil etişga xizmat qiladi.

Festival doirasida yoş iste’dod egalari uçun musiqa, xoreografiya, tasviriy va amaliy san’at, teatr san’ati hamda boşqa ijodiy yönalişlarda turli mahorat darslari, konsert dasturlari, körgazmalar, ijodiy uçraşuvlar, tanlov va köngiloçar tadbirlar taşkil etilişi rejalaştirilgan.

Loyiha yoşlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiriş, ularning san’atga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, iste’dodli öquvçilarni qöllab-quvvatlaş hamda yozgi ta’tilni foydali va mazmunli ötkaziş maqsadida yölga qöyilgan.

Festival davomida bolalar nafaqat öz mahoratini namoyiş etiş, balki tajribali ustozlardan saboq oliş, tengdoşlari bilan ijodiy muloqot qiliş va yangi bilim hamda könikmalarni egallaş imkoniyatiga ega böladilar.

«Yozgi iqtidorlar» festivali yoz fasli davomida muntazam ravişda ötkazilib, yoş avlodning ijodiy salohiyatini yuzaga çiqariş, ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda san’at va madaniyatga bölgan mehrini mustahkamlaşga xizmat qilişi kutilmoqda. Maktabimiz öquvçilari ham festival tadbirlarida faol iştirok etib, öz iqtidorlarini namoyon etmoqdalar.

Maktab jamoasi barça öquvçilarga festival davomida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi ijodiy yutuqlar va unutilmas taassurotlar tilaydi.