Maktab yangiliklari

BMSM direktorlari uçun navbatdagi öquv maşğulotlari ötkazildi

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2026-yil 8-iyundagi 272-sonli “Bolalar musiqa va san’at maktablari xodimlari uçun qisqa muddatli malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş töğrisida”gi buyruği ijrosini ta’minlaş maqsadida Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş Tarmoq markazida qisqa muddatli malaka oşiriş kurslari izçil davom etmoqda.

ÖzDSMI huzuridagi Malaka oşiriş tarmoq markazida Bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari uçun navbatdagi öquv maşğuloti taşkil etildi.

Joriy yilning 8-iyul kuni “Yangi Özbekistonda san’at ta’limi: islohotlar, imkoniyatlar va istiqbollar” moduli doirasida öquv maşğuloti taşkil etildi.

Darsni Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, falsafa fanlari doktori Sayyora Töyçiyeva olib bordi.

Şuningdek, maktab direktorlari uçun Toşkent şahridagi T. Sodiqov nomidagi 1-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida navbatdagi köçma dars maşğuloti taşkil etildi.

Maşğulot davomida tinglovçilar ta’lim muassasasining boşqaruv tizimi, öquv jarayonini samarali taşkil etiş, ijodiy muhitni rivojlantiriş hamda zamonaviy menejment yondaşuvlari bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar.

Dars maşğulotini Mirobod tumani 4-son Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Muxitdinova Muxabbat Bakiyevna olib borib, “Bolalar musiqa va san’at maktablarida zamonaviy boşqaruv va taraqqiyot strategiyasi” mavzusida mazmunli ma’ruza qildi.

Ma’ruza davomida ta’lim sifatini oşiriş, rahbarlik faoliyatida innovatsion yondaşuvlarni qöllaş, jamoani samarali boşqariş hamda muassasani strategik rivojlantirişga oid amaliy tavsiyalar tinglovçilar bilan atrofliça muhokama qilindi.