Maktab yangiliklari

Oçiq havoda plener maşğuloti ötkazildi

Yunusobod tumani 26-son bolalar musiqa va san’at maktabi tasviriy va amaliy san’at bölimi 2- va 5-sinf öquvçilari uçun oçiq havoda plener maşğuloti taşkil etildi.

Maşğulotning mavzusi “Natyurmort” bölib, unda öquvçilar pedagoglar tomonidan tyyorlangan kompozitaiyani çizişdi. Öqituvçi rahbarligida yoş rassomlar ranglar uyğunligi, yoruğlik va soya munosabatlari, kompozitsiya hamda şakllarni töğri tasvirlaş böyiça amaliy maşqlarni bajardilar.

Plener maşğulotlari öquvçilarning kuzatuvçanligini oşiriş, ijodiy tafakkurini rivojlantiriş va tabiat gözalligini san’at orqali his etişlariga xizmat qiladi. Maşğulot davomida yaratilgan etuydlar öquvçilarning tasviriy san’atga bölgan qiziqişi va ijodiy yondaşuvini yaqqol namoyon etdi.

Bunday amaliy maşğulotlar yoş iste’dodlarning mahoratini oşiriş va ularning san’atga bölgan mehrini yanada kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi.