Maktab yangiliklari

San’at olamiga sayohat

2026-yil 6-noyabr kuni tasviriy san’at bölimi öqituvçisi Muxametşina Irina Yakovlevna 2-sinf öquvçilari bilan birgalikda NBU galereyasida namoyiş etilayotgan taniqli rassom va haykaltaroş Zurab Tsereteli ijodiga bağişlangan körgazmaga taşrif buyurdi.

Mazkur ekskursiya öquvçilarning tasviriy san’atga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, jahon san’ati namunalari bilan yaqindan taniştiriş hamda ularning badiiy-estetik dunyoqaraşini kengaytiriş maqsadida taşkil etildi.

Körgazma bilan tanişuv davomida yoş san’at ixlosmandlari rassom va haykaltaroş Zurab Tseretelining öziga xos ijodiy uslubi, rangtasvir va haykaltaroşlik asarlari, badiiy obrazlar yaratişdagi mahorati hamda san’atga bölgan betakror yondaşuvi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega böldilar.

Ekskursiyaga rassom Dima Oxunboboyev rahbarlik qildi. U öquvçilarga namoyiş etilgan asarlarning mazmuni, badiiy xususiyatlari va yaratiliş jarayonlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berib, yoş tomoşabinlarning savollariga javob qaytardi.

Bunday madaniy-ma’rifiy taşriflar öquvçilarning san’at asarlarini kuzatiş va tahlil qiliş, ranglar va şakllar uyğunligini anglaş, ijodiy tasavvur hamda mustaqil fikrlaş qobiliyatlarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zero, haqiqiy san’at bilan yuzma-yuz tanişuv yoş qalblarda gözallikka muhabbat uyğotadi, ijodiy izlanişlarga ilhom bağişlaydi va kelajakdagi ijodkorlik sari muhim qadam bölib xizmat qiladi.