2026-yil 7-noyabr kuni Toşkent şahar 26-son Bolalar musiqa va san’at maktabi Tasviriy san’at bölimi öqituvçisi Muxametşina Irina Yakovlevna şahar taşqarisiga ijodiy safar uyuştirib, kuz faslining betakror gözalligini bevosita tabiat qöynida tasvirlaş maşğulotini ötkazdi.
Oçiq osmon ostida taşkil etilgan ijodiy maşğulot davomida pedagog toğlar, daryo va uning sohillari, kuzgi tabiatning rang-barang manzaralaridan qalam hamda möyqalam yordamida etyud va çizgilar işladi. Tabiatning özgaruvçan ranglari, yoruğlik va soya uyğunligi, manzaraning fazoviy çuqurligi hamda tabiiy şakllarning öziga xosligini kuzatiş ijodiy jarayonning asosiy mazmunini taşkil etdi.
Tabiat qöynida işlaş rassom uçun öziga xos mahorat maktabidir. Çunki jonli manzarani bevosita kuzatiş orqali ranglar uyğunligini his etiş, tabiatdagi nozik tuslarni ilğaş, kompozitsion yeçim topiş va taassurotlarni badiiy obrazga aylantiriş imkoniyati kengayadi.
Bunday ijodiy maşğulotlar pedagogning kasbiy mahoratini oşiriş, yangi ijodiy izlanişlarga rağbat uyğotiş bilan birga, öquvçilarga ham amaliy namuna bölib xizmat qiladi. Zero, tabiat — rassom uçun bitmas-tuganmas ilhom manbai, uning har bir fasli esa yangi ranglar, yangi taassurotlar va yangi ijodiy ğoyalar demakdir.