Maktab yangiliklari

Ta’lim — faqat sinf xonasida emas!

2026-yil 9-noyabr kuni Toşkent şahar 26-son Bolalar musiqa va san’at maktabi xoreografiya san’ati bölimi öqituvçilari Zemskova Larisa Georgiyevna hamda Zemskova Anastasiya Yuryevna öz sinf öquvçilari bilan birgalikda Toşkent şahar Planetariysiga taşrif buyuriş şaklida navbatdan taşqari ta’lim maşğulotini taşkil etdilar.

Mazkur maşğulotdan közlangan asosiy maqsad öquvçilarning dunyoqaraşini kengaytiriş, ularda astronomiya va koinot haqidagi bilimlarga qiziqiş uyğotiş, nazariy bilimlarni amaliy kuzatuvlar bilan boyitiş hamda ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va mazmunli taşkil etişdan iborat böldi.

Planetariyga taşrif davomida öquvçilar koinot, sayyoralar, yulduzlar va osmon jismlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanişdilar. Zamonaviy texnologiyalar yordamida namoyiş etilgan astronomik manzaralar bolalarda katta taassurot qoldirib, ularning ilmiy bilişga bölgan qiziqişini yanada oşirdi.

Ayniqsa, san’at yönalişida tahsil olayotgan yoşlarning boşqa fanlar va bilim sohalari bilan yaqindan tanişişi ularning tasavvur doirasini kengaytiriş, ijodiy fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş va borliqni badiiy idrok etişida muhim ahamiyatga ega.

Bunday ta’limiy taşriflar öquvçilarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş bilan birga, ularda yangi bilimlarni mustaqil egallaşga intiliş, tabiat va olam sirlariga qiziqiş hamda jamoaviy muloqot madaniyatini şakllantirişga xizmat qiladi.

Ta’lim va tarbiyani uyğunlaştirgan bunday maşğulotlar yoş avlodning har tomonlama kamol topişi uçun muhim omillardan biridir.