Musiqa va san’at maktabining tasviriy san’at bölimi 4-sinf öquvçilari tomonidan “Haykaltaroşlik” fanidan işlangan ijodiy işlar körgazmasi taşkil etildi. Körgazma “Harakatdagi inson qomati” mavzusiga bağişlandi.
Unda öquvçilar inson tanasining harakatdagi holatini tasvirlaş orqali öz tasavvurlari va badiiy mahoratlarini namoyon etdilar. Işlar haykaltaroşlik plastilinidan, maxsus karkas asosida yasalgan bölib, har bir asarda muvozanat, plastika va harakat ifodasi alohida e’tibor bilan işlangan.
Körgazma davomida öquvçilarning ijodiy yondaşuvi, kuzatuvçanligi hamda kompozitsion fikrlaşi yaqqol namoyon böldi. Bunday amaliy maşğulotlar yoş ijodkorlarning badiiy didini şakllantiriş va haykaltaroşlik san’atiga bölgan qiziqişini oşirişda muhim ahamiyatga ega.
Öqituvçi: Muxametşina Irina Yakovlevna.
Barçani körgazmaga taklif qilib qolamiz!